locale OZ

Sergey Lushchan: «Mavsum oxiriga kelib faqat yoshlar jamoamizda bo‘ladi»

"Mash'al" jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
Sergey Lushchan: «Mavsum oxiriga kelib faqat yoshlar jamoamizda bo‘ladi»
Фото: Машъал

Superliga 24-turdan o‘rin olgan "Mash'al" – OKMK uchrashuvidan so‘ng "Mash'al" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?
- Ro‘y berishi kerak bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi. Yigitlar qo‘ldan kelgancha harakat qilishdi. Yuzaga kelgan xato qimmatga tushdi. G‘alaba bilan raqibni tabriklayman. Boshqa hech narsa deya olmayman.

- Bugun ikki nafar yosh futbolchi jamoangizda debyut qildi.
- Deyarli har o‘yinda kimdir debyut qilyapti. Biz sekin-asta jamoani yoshartirib boryapmiz, mavsum oxiriga kelib faqat yoshlar jamoamizda bo‘ladi. Keyingi uchrashuvda yana ikki nafar futbolchini U-21dan chaqirishimiz mumkin.

- Shartnomangiz yil oxirigacha tuzilgan. Jamoada qolib, yoshlar bilan ishlashda davom etasizmi?
- Klub rahbariyati ishonch bildirsa, vaziyat shunga qarab ketyapti. Oldimizga ikkita vazifa qo‘yilgandi. Birinchisi, imkon qadar Superligada qolish, ikkinchisi jamoani yoshartirish. O‘rinbosarlar to‘liq biz bilan shug‘ullanyapti. Mashg‘ulotlarda 30 nafar futbolchi qatnashyapti. Shulardan eng yaxshilarini o‘yinga ajratib olamiz. Kimning nimaga loyiq ekanligini kuzatib boryapmiz. Bizda U-19dan ham ikki nafar o‘yinchi bor. Agar Superligada qolsak, baribir tajribali futbolchilarni ham taklif etamiz. Bu yil klublarga og‘ir bo‘lyapti, byudjetdan pul ajratilishi birinchi marta kuzatildi va odamlar 6-7 oylab maoshsiz qolishdi. Klubda moliyalashtirish bo‘lsa, jamoa ham bo‘ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting