locale OZ

Sergey Lushchan: \"Ko'pchilik o'zicha maslahatlar beradi, lekin hech kim qo'liga sekundomer va hushtakni olib mashg'ulotlar o'tkazmaydi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Lushchan: "Ko'pchilik o'zicha maslahar beradi, lekin hech kim qo'liga sekundomer va hushtakni olib mashg'ulotlar o'tkazmaydi"
PHOTO: Telegram

Vodiy derbisidan keyingi matbuot anjumanida “Navbahor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan ishtirok etdi:

"Menimcha, bugungi uchrashuvga ortiqcha izohning hojati yo‘q. O‘yin tomoshabop, derbiga xos, emotsiyalarga boy tarzda kechdi. Har ikki jamoada ham xatolar yuzaga keldi. O‘z imkoniyatidan samarali tarzda foydalana olgan jamoa g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu erda ortiqcha gapning keragi yo‘q.

Almashtirishlarni amalga oshirishdan maqsadimiz, qanotlarni kuchaytirish edi. Boisi, qanotlardan uch marta darvozamizga xavf solindi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olmaganliklari ularning yomon o‘yinchilar ekanligini anglatmaydi. O‘sha yigitlar avvalgi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, eng yaxshi futbolchilar bo‘lishgandi. Zaxiradan maydonga tushadigan o‘yinchilarning qanday foyda keltirishlarini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Menimcha, tarkibimizdagi futbolchilarning barchalari mahoratli o‘yinchilar hisoblanishadi. Ularning barchalariga o‘ynash uchun imkoniyat berish kerak.


Biz mazkur o‘yinning 65-daqiqasidan boshlab, tempni yo‘qotdik. Shu bois, jamoaga “yangi qon” zarur edi. Zaxiradan maydonga tushgan yigitlar o‘z imkoniyatlari darajasida o‘yin namoyish eta olishmagan bo‘lsada, raqib tomonidan urilgan gollarda ularning ayblari yo‘q. O‘z jarima maydonchamiz ichida ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, o‘zimizga o‘zimiz gollar olib keldik. Biz maydondagi vaziyatdan kelib chiqib, o‘yinda o‘zgartirishlar qilishga harakat qilamiz. Bu esa ayrim paytlarda samara keltirsa, ba’zi vaqtlarda o‘zini oqlamaydi. “Navbahor”da ikkinchi mavsum faoliyat yuritayotgan bo‘lsam, ko‘pchilik o‘zicha mutaxassis sifatida maslahatlar beradi. Lekin hech kim qo‘liga sekundomer va hushtakni olgan holda, mashg‘ulotlar o‘tkazmaydi. Shuning uchun har xil fikrlarga xotirjam holda yondoshaman",-deydi mutaxassis

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting