locale OZ

Sergey Lushan: \"Kubok bahslari doim o‘zgacha kechadi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergey Lushan: "Kubok bahslari doim o‘zgacha kechadi"
Photo: Navbakhor PFK

O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Xorazm" – "Navbahor" (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. "Lochinlar" ustozi odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Juda asabiy uchrashuv guvohiga aylandik. Birinchi bo‘lim biz uchun unchalik o‘xshamadi. Tanaffusdan keyin esa o‘yin uslubimizni o‘zgartirishga harakat qildik. Har to‘rtinchi kun maydonga tushish og‘ir bo‘lyapti. Kubok bahslari doim o‘zgacha kechadi. Bunda futbolchilarga alohida motivatsiya kerak.

Yoshlarni sinab ko‘ryapmiz, ular ham o‘zlarini ko‘rsatishga intilishmoqda. Ba’zan imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Mashg‘ulotlarda buning ustida ishlashda davom etamiz. Yana uch kundan so‘ng birinchi davraning oxirgi bahsini o‘tkazamiz. Endi "Paxtakor" bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- "Xorazm"dan shunday qarshilik kutganmidingiz?
- Bugun raqib mezbon maqomida to‘p tepdi va bu doim ustunlik beradi. "Xorazm" menda iliq taassurot qoldirdi, ular futbol o‘ynashga harakat qilishdi. Faqat raqib jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi, biz esa uchtagol urish

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting