Sergey Lebedev - FarDU bosh murabbiyi
Klub Shavkat Yusupovni iste'foga chiqardi.
Фото: ФарДУ
O'zbekiston Pro-ligasining navbatdagi qismiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "FarDU" futbol klubimizga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bir necha mavsumdan buyon klubimizda samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali mutaxassis Sergey Lebedev jamoani chempionatning navbatdagi qismiga tayyorlaydi.
Sergey Lebedev futbolchilik faoliyati davomida 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibligini, Farg'onaning "Neftchi" klubi safida 5 karra O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 33 ta o'yin o'tkazib, jami 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Bundan tashqari, Sergey Lebedev O'zbekiston nomidan jahon termasi tarkibida maydonga tushgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist