locale OZ

Serbiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Uning oxirgi ish joyi Ispaniyaning "Real Oviedo" klubi bo'lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Serbiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
ФОТО: Getty images

Velko Paunovich rasman Serbiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Serbiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning oxirgi ish joyi Ispaniyaning "Real Oviedo" klubi bo'lgan. Serbiyalik murabbiy bu klubni uzoq yillar davomida ilk bor Segunda'dan Primieraga olib chiqdi.

Noyabr oyida Serbiya terma jamoasini jahon chempionati saralashining eng muhim o'yinlari kutmoqda.

Xususan, 13 noyabr kuni Angliya mehmoni bo'lsa, 16 noyabr kuni o'z maydonida latviyaliklar bilan o'ynaydi. Hozirda serblar saralash guruhida uchinchi o'rinni egallab turibdi va 10 ochkoga ega.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting