locale OZ

Serbiya klubi Abubakir Muydinov bilan xayrlashmoqchi

O'zbek futbolchisi 12 o'yinda natija qayd eta olmagani sabab klubda qolmasligi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ko'pchilik bilmagan bo'lishi mumkin, lekin o'zbek vingeri Abubakir Muydinov joriy yilning fevral oyida Serbiyaning “Trayal” klubi bilan shartnoma imzolagandi. Bu jamoa mamlakatning ikkinchi divizionida ishtirok etadi.

“Trayal” futbolchini jamoani tushib ketishdan saqlab qolish maqsadida taklif etgan. Maqsadga erishildi, biroq Muydinovning o'yin amaliyoti kam bo'ldi — u 12 ta uchrashuvda qatnashib, gol ham, assist ham qayd eta olmadi. Shu sababli, 24 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida klubni tark etishi kutilmoqda. Uning kelgusi manzili sifatida Osiyo chempionatlaridan biri ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Abubakir avval Portugaliyada yoshlar ligasida to'p surgan, shuningdek, BAA, Estoniya va O'zbekistonda ham professional darajada o'ynagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting