Serbiya bosh murabbiyini iste'foga chiqardi
Bu mag'lubiyatdan so'ng Serbiya terma jamoasi JCh-2026ga chiqa olmaslik xavfi ostida turibdi.
ФОТО: Getty images
Serbiya terma jamoasi JCh-2026 saralash doirasida o'z maydonida Albaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu mag'lubiyatdan keyin serbiyaliklar bosh murabbiyi Dragan Stoykovich iste'foga chiqarildi.
Bu mag'lubiyatdan so'ng Serbiya terma jamoasi JCh-2026ga chiqa olmaslik xavfi ostida turibdi. Terma o'tgan 5 o'yinda 7 ochko jamg'arib, 2-o'rindagi Albaniyadan 4 ochkoga ortda qolgan holda K guruhida 3-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Stoykovich 2021 yilning martida Serbiya termasi boshqaruvini qo'liga olgandi. Shu davrdan buyon uning qo'l ostida Serbiya terma jamoasi 55 o'yinda qatnashib, 26 g'alaba, 14 durang va 15 mag'lubiyat qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist