locale OZ

Ser Aleks Fergyuson \"Yunayted\"ni tark etganiga roppa-rosa o'n ikki yil bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ser Aleks Fergyuson "Yunayted"ni tark etganiga roppa-rosa o'n ikki yil bo'ldi
Photo: gettyimages

Ayni daqiqalarda Angliyadagi “Old Trafford” o'yingohida yevropa ligasi yarim final javob uchrashuvlari doirasidagi “Manchester Yunayted” hamda “Atletik Bilbao” qarama-qarshiligi bo'lib o'tmoqda.

Jamoaning afsonaviy murabbiyi Ser Aleks Fergyuson har doimgidek uchrashuvni stadionning o'zidan to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilmoqda.

Qizig'i shundaki, Ser Aleksning “Yunayted”dan ketganiga roppa-rosa o'n ikki yil bo'ldi. Buyuk murabbiy “Manchester Yunayted”dagi 26 yillik faoliyatidan keyin, 2013 yili 8 may sanasida futol murabbiyligi bilan xayrlashishini e'lon qilgan edi.

Fergyuson 1500 o'yin o'tkazgan bo'lsa, shulardan 895 tasini g'alaba bilan yakunlagan. “Boss” qo'l ostida “qizil iblislar” 38 ta turli-xil kuboklarni qo'lga kiritgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting