Senegal prezidenti Afrika Millatlar Kubogidagi gʻalabadan soʻng 19 yanvarni dam olish kuni deb eʼlon qildi
Turnir finalida Senegal Marokashni magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
Senegal prezidenti Bassiru Diomaye Faye 2026 yil 19 yanvar, dushanba kuni, mamlakatda dam olish kuni bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda jurnalist Stanis Tshiamala X (sobiq Twitter) tarmog‘ida RTS 1 telekanali efiriga tayanib xabar berdi.
Bu qaror Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal terma jamoasi Marokashni qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin qabul qilindi. Qo‘shimcha vaqtda, 94-daqiqada, Pap Geye hal qiluvchi golni kiritdi.
E’tiborlisi, Senegal tarixida ikkinchi marta Afrika Millatlar Kubogi g‘olibi bo‘ldi. To‘rt yil avval jamoa Misrni penaltilar seriyasida (0:0, 4:2) mag‘lub etganida, amaldagi prezident ham g‘alaba munosabati bilan dam olish kunini e’lon qilgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist