Senegal Jahon chempionatlari tarixida Afrika rekordini o‘rnatdi
Afrika jamoasi pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Jurnalist
FOTO: Getty Images
Senegal terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi 3-turida Iroqni 5:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatlari tarixida Afrika jamoalari orasida yangi rekord qayd etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bungacha hech bir Afrika terma jamoasi mundialning final bosqichi o‘yinlarida bitta uchrashuvda to‘rttadan ko‘p gol ura olmagandi.
Avvalgi rekord Marokash terma jamoasiga tegishli edi. Marokash JCH-2026da Gaitini 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Senegal esa Iroq darvozasiga beshta gol urib, ushbu ko‘rsatkichni yangiladi. G‘alabadan so‘ng Senegal I guruhida 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Iroq esa uchta o‘yinda ham ochko ololmay, guruhni so‘nggi pog‘onada yakunladi.