locale OZ

Senegal finalda Marokashni magʻlub etib, Afrika Millatlar Kubogi sohibiga aylandi

Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Dias penaltidan foydalana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Senegal finalda Marokashni magʻlub etib, Afrika Millatlar Kubogi sohibiga aylandi
FOTO: Getty Images

Afrika Millatlar Kubogi final uchrashuvi Senegal va Marokash terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin Marokashning Rabat shahridagi «Shahzoda Mulay Abdulla» stadionida tashkil etildi. Uchrashuv Senegal terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi — 0:0, qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0.

Asosiy vaqtning 90+24-daqiqasida Marokash hujumchisi Braim Dias penaltidan foydalana olmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 94-daqiqasida esa Senegal yarimhimoyachisi Pap Geye hisobni ochib, jamoasiga chempionlikni taqdim etdi.

Yarimfinal bosqichida Senegal terma jamoasi Misrni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘sha uchrashuvdagi yagona gol muallifi Sadio Mane bo‘ldi. Marokash esa yarimfinalda Nigeriya bilan o‘yinda asosiy va qo‘shimcha vaqtni 0:0 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida ustun keldi.

Afrika Millatlar Kubogi. Final

Senegal — Marokash 0:0 (qoʻshimcha boʻlim, 1:0)

Gol: Geye (94).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting