Sen-Maksimen faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin
“Sharlott” klubi “Lans” hujumchisi Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma imzolash bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi RMC. Tomonlar kelishuvni yakunlashga yaqin turibdi.
29 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi, shu sababli u Amerika klubiga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin.
Bungacha Sen-Maksimen “Nyukasl Yunayted”, “Bastiya”, “Nissa”, “Sent-Etyen”, “Gannover”, “Al-Ahli”, “Fenerbaxche” va “Amerika” klublarida ham to‘p surgan.
Sen-Maksimen qishda “Amerika” bilan shartnomasini bekor qilib, Meksikadan “Lans”ga ko‘chib o‘tgan va ushbu jamoa safida 13 ta o‘yinda to‘rtta gol urib, uchtadan golli uzatma amalga oshirgan.
Futbolchi farzandlariga qilingan haqoratlar tufayli Meksikaning “Amerika” klubini tark etishga majbur bo‘lgandi.