locale OZ

Semenyo: «Manchester City» hozir bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda»

«Shaharliklar» APLda 15 ochko to‘plagan va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Semenyo: «Manchester City» hozir bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda»
ФОТО: Getty images

«Manchester City» hujumkor yarim himoyachisi Antuan Semenyo jamoasining Angliya Premer-ligasidagi oraliq peshqadamligi haqida fikr bildirdi.

«Yangi murabbiy bilan birga unchalik ko‘p vaqt o‘tkazganimiz yo‘q, ammo ishlar allaqachon yaxshi ketmoqda. Jamoa g‘alaba qozonyapti va rivojlanyapti. Barcha futbolchilar o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Hozir «Manchester City» bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda turibdi. Biz xotirjamlikka berilmoqchi emasmiz, chunki oldinda hali uzoq yo‘l bor. G‘alaba qozonishda davom etishni istaymiz», — dedi futbolchi Mirror nashriga.

«Manchester City» APLda 15 ochko to‘plagan va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa ikkinchi o‘rindagi «Arsenal»dan uch ochkoga oldinda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting