locale OZ

Semenyo — «Man Siti» futbolchisi (Romano)

Ganalik futbolchi faoliyatini «shaharliklar» safida davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Semenyo — «Man Siti» futbolchisi (Romano)
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» «Bornmut» vingeri Antuan Semenyo transferini rasman yakunladi. Bu haqda ishonchli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transfer summasi 75 million yevro (taxminan 65 mln funt)ni tashkil etadi. Semenyo 8 yanvar, payshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Qayd etilishicha, ganalik futbolchi APLning to‘rtta klubidan kelgan taklifni rad etgan va aynan «Manchester Siti»ni tanlagan. Bunga asosiy sabab — Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynash istagi bo‘lgan.

Joriy mavsumda 25 yoshli Semenyo APLda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan ajralib turdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting