locale OZ

Semenyo Gana terma jamoasiga yordam bera olmaydi

26 yoshli futbolchi toʻpigʻidagi shish sabab safdan chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Semenyo Gana terma jamoasiga yordam bera olmaydi
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» vingeri Antuan Semenyo sogʻligʻi bilan bogʻliq muammo sabab Gana terma jamoasining yaqin oradagi oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi. Bu haqda 3NewsGH xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, 26 yoshli futbolchi toʻpigʻidagi shish sabab safdan chiqqan. Shu bois u Afrika Millatlar kubogi-2027 saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlarda Gana terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Semenyo joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida yettita bahsda maydonga tushib, ikki gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qizigʻi, vinger ushbu uchrashuvlarning barchasida asosiy tarkibdan joy olgan. U faqat bir marta oʻyin davomida zaxiraga olingan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting