locale OZ

Semenyo: «Bu g‘alaba keyingi o‘yin oldidan bizga katta ishonch bag‘ishladi»

Gana 90+5-daqiqada gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Semenyo: «Bu g‘alaba keyingi o‘yin oldidan bizga katta ishonch bag‘ishladi»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
17.06.2026, Yak.
Gana
1
Panama
0

Gana terma jamoasi hujumchisi Antuan Semenyo o‘z milliy jamoasining Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi birinchi turi doirasida Panamoga qarshi o‘yini (1:0) haqida fikr bildirdi.

«90+5-daqiqa… Bu his-tuyg‘ularni qanday tasvirlashni ham bilmayman. Biz hammamiz katta yengillikni his qildik, chunki bu o‘yin biz uchun qanchalik muhim ekanini tushunardik va u bizga keyingi o‘yin oldidan ishonch bag‘ishladi. Men g‘alaba qozonganimizni aytishdan juda xursandman, lekin sur’atni pasaytira olmaymiz. Oldinda bizni ikkita muhim o‘yin va jiddiy sinovlar kutmoqda.

Bu juda qiyin bo‘ladi va aynan shuning uchun bizga bu g‘alaba hamda keyingi bosqichga chiqishimizga yordam berishi mumkin bo‘lgan ishonch kerak edi. Biz bu jamoada iste’dod borligini, isbotlaydigan narsamiz borligini his qilyapmiz va o‘ylaymanki, aynan shu bizning harakatlantiruvchi kuchimizdir», – deya Semenyoning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Guruh bosqichining keyingi turlarida Gana Angliya (23 iyun) va Xorvatiya (28 iyun) bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting