Semenyo Angliya Kubogi tarixidan joy oldi
Antuan Semenyo “Manchester Siti” safida Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda (1:0) g‘alaba golini urib, turnir tarixidan joy oldi.
Ganalik futbolchi Angliya Kubogi finalida gol urgan ilk Gana vakiliga aylandi. Shuningdek, u avvalroq 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar qatoriga kiritilgan edi.
“Manchester Siti” joriy mavsumdagi ikkinchi trofeyini qo‘lga kiritdi. Bundan oldin Pep Gvardiola jamoasi Angliya Liga Kubogida ham g‘alaba qozonib, finalda “Arsenal”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.
Shu tariqa, “Manchester Siti” bir mavsum doirasida Angliya Kubogi va Liga Kubogida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan ilk klub sifatida tarixga kirdi. Ayni paytda manchesterliklar hisobida 8 ta Angliya Kubogi va 9 ta Liga Kubogi mavjud.