locale OZ

«Seltik» sobiq «Liverpul» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Klub rahbariyati bu transfer orqali jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Seltik» sobiq «Liverpul» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi, hozirda Avstriyaning «Zalsburg» klubi sharafini himoya qilayotgan Bobbi Klark faoliyatini «Seltik»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, transfer summasi 7 million yevroga yaqin boʻladi. «Seltik» oʻtgan yili ham Klarkka qiziqish bildirgan, bu safar esa futbolchi klubning qishdagi birinchi xaridi boʻlishi kutilmoqda.

Yozgi transferlar oynasidagi sustkashlik uchun tanqid ostida qolgan «Seltik» rahbariyati bu transfer orqali jamoani kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Maʼlumot uchun, 20 yoshli yarimhimoyachi hozirda ijara asosida «Derbi Kaunti» safida toʻp surmoqda. U joriy mavsum 10 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting