«Seltik» Roberto Martinesni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi
“Seltik” Shotlandiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines klublar bo'yicha faoliyatiga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mutaxassisni “Seltik” bosh murabbiy sifatida tayinlashni istamoqda. Glazgo klubi tajribali mutaxassisni taklif qilish borasida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, Martines 2023 yildan beri Portugaliya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Klublar miqyosida u “Suonsi”, “Uigan” va “Everton”da ishlagan.
Ma'lumot o'rnida, “Seltik” Shotlandiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Jamoa hozirda 54 ochko to'plagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist