locale OZ

«Seltik» Nansini iste’foga chiqardi

Fransiyalik mutaxassis Glazgo klubini sakkizta o‘yinda boshqardi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Seltik» Nansini iste’foga chiqardi
ФОТО: Getty images

"Seltik" bosh murabbiyisiz qoldi. Klub Vilfrid Nansi bilan kelishuvni bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiyalik mutaxassis Glazgo klubini sakkizta o‘yinda boshqardi. Shundan oltitasida mag‘lub bo‘ldi.

Shu munosabat bilan "Seltik" rahbariyati mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qildi.

"Klub Vilfridga sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va unga hamda uning oilasiga kelajakda eng yaxshi tilaklarni bildiradi," — deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Ortda qolgan 20 turdan so‘ng "Seltik" 38 ochko bilan Shotlandiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting