locale OZ

«Seltik» «Manchester Siti» himoyachisini ijaraga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Seltik” “Manchester Siti” himoyachisini ijaraga oldi
Photo: Getty Images

“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Jahmay Simpson-Pyuzi faoliyatini “Seltik”da davom ettiradi. Bu haqda Shotlandiya klubi matbuot xizmati rasmiy tarzda e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida bir mavsumga mo‘ljallangan ijara shartnomasi imzolangan.

19 yoshli futbolchi “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Pep Gvardiola qo‘l ostida ikki marta Premyer-ligada va yana ikki marta Chempionlar ligasida o‘ynagan.

Endilikda Simpson-Pyuzi “Seltik” safida 4-raqam ostida harakat qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting