locale OZ

«Seltik» jinsiy zoʻravonlik qurboniga kompensatsiya toʻladi

Ushbu holat 1989 yilda sodir boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Seltik» jinsiy zoʻravonlik qurboniga kompensatsiya toʻladi
FOTO: Getty Images

Glazgo shahrining «Seltik» klubi jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga besh xonali sondagi (o‘n minglab funt sterling) tovon puli to‘ladi. Da’vo qo‘zg‘atilganidan atigi bir oy o‘tib, nizo o‘zaro kelishuv bilan yakunlandi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Yuridik sabablarga ko‘ra ismi oshkor etilmagan erkak sudga murojaat qilib, 1989 yilda «Seltik»ning bolalar jamoasida ishlagan Frenk Kerni tomonidan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini ma’lum qilgan. Dastlab klub bu ishga aloqadorligini inkor etgan bo‘lsa-da, yakunda sudgacha bo‘lgan kelishuvga va kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi.

Hozirda 90 yoshda bo‘lgan Kerni 1980 yillarda yosh futbolchilarga nisbatan sodir etilgan 9 ta zo‘ravonlik holati bo‘yicha aybdor deb topilgan edi. 2019 yil fevral oyida u to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea unda umrbod uyat hissini qoldirgan. Shuningdek, u o‘sha vaqtda klubning bir necha vakillari uning shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirganini ta’kidladi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Kerni tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik 1989 yilda yuz bergan. Bundan tashqari, o‘tgan yili 24 nafar jabrlanuvchi tomonidan «Seltik»ga nisbatan qo‘zg‘atilgan ommaviy da’vo jami 1 million funt sterlingdan ortiq kompensatsiya to‘lanishi bilan yakunlangan edi.

Avvalroq, «Seltik» rahbariyati bolalar klubi bilan aloqasi yo‘qligini vaj qilib, uni «alohida tashkilot» deb atab kelayotgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting