«Seltik» Brendan Rodgersni iste'foga chiqardi
Bu mutaxassis 2023 yildan beri Glazgoda klubga murabbiylik qilib kelayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Brendan Rodgers "Seltik" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Hozirda jamoa Shotlandiya Premer-ligasida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Harts"dan 8 ochkoga orqada qolmoqda.
"Brendaning "Seltik"dagi ikki muvaffaqiyatli davri yuqori baholanadi. Klub unga minnatdorchilik bildiradi va kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilaydi.
Yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha qaror hozirda qabul qilinmoqda va klub muxlislarni imkon qadar tezroq xabardor qiladi", — deyiladi klub bayonotida.
Bu mutaxassis 2023 yildan beri Glazgo klubiga murabbiylik qilib kelayotgan edi. U jamoani 2016 yildan 2019 yilgacha ham boshqargan.
Ma'lumot uchun, Brendan Angliyada "Lester" va "Liverpul" jamoalarida ham ishlagan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist