«Sel'ta» Aspas bilan shartnomani uzaytirdi
38 yoshli futbolchining yangi bitimi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Sel'ta" hujumchisi Yago Aspas klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda Vigo klubi matbuot xizmati xabar berdi.
38 yoshli futbolchining yangi bitimi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Kelishuvga ko'ra, Aspas keyingi mavsumni futbolchi sifatida o'tkazadi, shundan so'ng klub tizimida lavozimga ega bo'ladi.
Klub afsonasi hisoblangan hujumchi "Sel'ta" safida 571 ta bahsda maydonga tushib, 222 ta gol va 90 ta assist qayd etgan.
Ma'lumot uchun, La Liganing so'nggi turi oldidan "Sel'ta" 51 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. Jamoa 23 may kuni o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist