locale OZ

“Selta” Altay Bayindirni sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi

Shartnomaga Bayindirni 4 million yevroga sotib olish huquqi ham kiritiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Selta” Altay Bayindirni sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” darvozaboni Altay Bayindir faoliyatini Ispaniyaning “Selta” klubida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli turkiyalik darvozabonga Ispaniyaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun ruxsat berilgan. Tomonlar mavsum oxirigacha ijara bo‘yicha kelishuvga erishgan.

“Selta” futbolchining maoshini to‘liq to‘lab beradi. Shartnomaga Bayindirni 4 million yevroga sotib olish huquqi ham kiritiladi. Ushbu summa darvozabon o‘tkazadigan uchrashuvlar soniga qarab o‘zgarishi mumkin.

Bayindir 2023-yilda “Fenerbahche”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tib, klub tarixidagi ilk turkiyalik futbolchiga aylangandi. U ingliz jamoasi safida jami 17 ta uchrashuv o‘tkazgan, biroq asosiy tarkibdan muqim joy ola olmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting