locale OZ

«Seleksiya ishlarimiz davom etadi. Fevralda ham Superliga, Proliga va qo‘shni mamlakat jamoalariga qarshi o‘ynaymiz», — Abbos Ergashov

«Guliston» futbol klubi bosh murabbiyi Abbos Ergashov yanvar oyidagi yig‘in, seleksiya ishlari va fevraldagi rejalar borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Seleksiya ishlarimiz davom etadi. Fevralda ham Superliga, Proliga va qo‘shni mamlakat jamoalariga qarshi o‘ynaymiz», — Abbos Ergashov
photo: Guliston FK

«Guliston» futbol klubi bosh murabbiyi Abbos Ergashov yanvar oyidagi yig‘in, seleksiya ishlari va fevraldagi rejalar borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor jamoaning yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimizda barcha sharoitlarni yaratib berayotgan «Guliston» futbol klubi rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Sir emaski, yangi jamoani shakllantirish har doim oson bo‘lmagan. Bizda ham hozirda hammasini boshidan boshlaganmiz, uni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida mehnat qilyapmiz. Barchasini joyiga qo‘yib olish uchun biroz vaqt talab etiladi. O‘ylaymanki, rahbariyat va murabbiylar shtabining birgalikda klubning rivojini yo‘lga qo‘yib olishdagi mehnatlari o‘z natijasini beradi.

Yanvar oyidagi yig‘inda ham ko‘plab futbolchilarni ko‘rib chiqdik. Mashg‘ulotlarimizda 40-45 nafar o‘yinchilar ishtirok etishdi. Ularning har birini kunlik mashg‘ulot jarayoni va nazorat bahslarida kuzatib, o‘zimizga kerakli xulosalarni oldik. To‘g‘ri, kamchiliklar yo‘q emas. Lekin biz oldindagi yig‘inlar davomida ularni bartaraf etish, muammolari holatlarimni yo‘qqa chiqarish ustida ko‘proq mehnat qilishga tayyormiz. Ochig‘i, mashg‘ulotlarga kelgan yigitlarning ko‘pchiligi turli holatda kelganiga qaramay, astoydil mehnat qildi. Jismoniy yuklamalarni sidqidildan bajarishdi. O‘ylaymanki, mashg‘ulotlardagi og‘ir mehnatimiz mavsum davomida o‘z samarasini beradi. Shu o‘rinda aytishim kerakki, jamoaning seleksiya ishlari davom etadi. Chunki tarkibni yanada kuchaytirish va har bir chiziqda sifatli o‘yinchilarni jalb qilishni maqsad qilganmiz. Fevral oyida Superliga, Proliga va qo‘shni mamlakat jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarini tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu orqali yigitlarning holatlarini yanada ko‘rib chiqamiz. Ayniqsa, tarkibdagi yoshlar mana shunday bellashuvlar orqali yanada o‘sishi va tajriba olishi uchun muhim qadam hisoblanadi. Avval ham aytganimdek, «Guliston» o‘z oldiga jiddiy maqsad va vazifalarni qo‘ygan. Ko‘pchilik bizga ishonch bildirmoqda. Albatta, viloyatning bosh jamoasini muvaffaqiyatini barcha xohlaydi. Birinchi ligada shunchaki emas, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni amalga oshirish uchun tayyorlanmoqdamiz. Xudo xohlasa, bizga ishonch bildirgan insonlarni quvontirishga bel bog‘laganmiz. Biz ularni albatta ishonchini oqlab, g‘alabali natijalarimiz bilan quvontirmoqchimiz», — dedi Ergashov klub matbuot xizmati bilan suhbatda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting