Seko Fofana Kot-d’Ivuar terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
“Portu” yarim himoyachisi Seko Fofana Kot-d’Ivuar terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 31 yoshli futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Fofana xayrlashuv murojaatida terma jamoa safida mamlakati sharafini himoya qilganidan faxrlanishini ta’kidladi. U Afrika Kubogini qo‘lga kiritish bolalikdagi orzularidan biri bo‘lganini va bu xotiralar umrbod saqlanib qolishini qayd etdi.
Futbolchi Kot-d’Ivuar bilan 2023-yilgi Afrika Millatlar Kubogida chempion bo‘lgan. Turnir 2024-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, finalda Kot-d’Ivuar Nigeriyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Fofana musobaqaning ochilish o‘yinidayoq Gvineya-Bisau darvozasiga gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, Seko Fofana Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida jami 35 ta uchrashuv o‘tkazgan.