Sebastyan Bekkasese Ekvador terma jamoasini tark etganini e'lon qildi
Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Sebastyan Bekkasese 2026 yilgi Jahon chempionati bilan birga milliy jamoadagi faoliyati ham yakunlanganini ma'lum qildi.
Ekvador 1/16 final bosqichida Meksikaga 0:2 hisobida mag'lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi. Ushbu mag'lubiyatdan so‘ng Bekkasese o‘z shartnomasi Jahon chempionati tugashi bilan yakuniga yetganini tasdiqladi.
«Bizning shartnomamiz Jahon chempionati yakunlanishi bilan tugardi, biz uchun esa musobaqa bugun nihoyasiga yetdi. Biz va'da qilganimizdek, mamlakat tarixidagi eng yaxshi Jahon chempionatini o'tkaza olmadik. Ammo ortimizda juda ahil jamoani qoldirdik.
Hozir ro‘y bergan voqealar xalqimizning dardi va alamini yo‘qota olmaydi. Shunga qaramay, kelajakka ishonch va ishtiyoq hali ham yuqori. Biz qanday meros qoldirganimizni yaxshi bilaman.
Ba'zan Xudoning rejasi shunday bo‘ladi va biz buni qabul qilishimiz kerak. Albatta, biz buni istamagan edik. Agar g‘alaba qozonganimizda, ishimizni davom ettirishni xohlagan bo‘lardik. Yana bitta o‘yinning o‘zi ham maqsadimizga yaqinlashishimiz uchun yetarli bo‘lar edi. Ammo futbolda hammasini natija hal qiladi.
Bugun men ajoyib oila bilan xayrlashyapman. Biroq buni cheksiz minnatdorlik, xotirjamlik va ichki osoyishtalik bilan amalga oshiryapman, chunki biz bor kuchimizni ishga solganimizni bilaman», — dedi Bekkasese.