locale OZ

Sebalyos «Marsel»ga o'tishdan bosh tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sebalyos «Marsel»ga o'tishdan bosh tortdi
Фото: Getty Images

Dani Sebalyos "Marsel"ga o'tish fikridan qaytdi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Avvalroq, fransuz klubi "Real" bilan 29 yoshli yarim himoyachining transferini kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.

"Marsel" futbolchini 11+4 mln yevroga majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirgan. Madridliklarni bu taklif qoniqtirdi, ammo futbolchining o'zi transferdan bosh tortdi.

Tez orada "Real" va futbolchini qoniqtiradigan taklif tushmasa, Dani hozirgi jamoasida qoladi. Unga "Betis" ham taklif yuborgan.

Sebalyos La Liganing o'tgan mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting