locale OZ

Schlotterbek JCHning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi — Bild

Futbolchining tiklanishi kutilmoqda, ammo u turnirning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Schlotterbek JCHning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi — Bild
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi Niko Schlotterbek Kot-d’Ivuarga (2:1) qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng Jahon chempionati – 2026 ning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda Bild.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, unda tizzaning medial bog‘lamlari uzilgani aniqlangan. Futbolchining tiklanishi kutilmoqda, biroq u turnirning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Kot-d’Ivuarga qarshi o‘yinda Schlotterbek 13-daqiqada jarohat olgan, ammo og‘riq qoldiruvchi dorilar yordamida tanaffusgacha o‘yinni davom ettirgan, shundan so‘ng uning o‘rniga Antonio Ryüdiger maydonga tushgan.

JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida Germaniya terma jamoasi 25-iyun kuni Ekvador bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting