locale OZ

Schlotterbek Dortmundda qolishga qaror qildi

U klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Schlotterbeck Dortmundda qolishga qaror qildi
ФОТО: Getty images

“Borussiya” klubining markaziy himoyachisi Nico Schlotterbek klub bilan shartnomasini uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, bu uzoq va cho‘zilgan jarayon bo‘ldi, biroq hozirda 26 yoshli futbolchi bilan muzokaralar yakuniga yetmoqda va kelishuvga deyarli erishilgan.

Schlotterbek klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytiradi va yiliga taxminan 14 million yevro maosh oladi. Yangi shartnomada 60 million yevro miqdoridagi tovon puli haqidagi band ham o‘rin oladi va u 2027 yilning yozidan kuchga kiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting