locale OZ

Saydazamat Mirsaidov: «Joriy mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz»

Futbolchi "Navbahor" matbuot xizmati bilan suhbatlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saidazamat Mirsaidov: «Joriy mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz»
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasining so‘nggi, 30-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida "lochilar"ning 24 yoshli mahoratli himoyachisi Saydazamat Mirsaidov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoamiz joriy mavsumning oxirgi bahsini "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur klublar prinsipial raqib bo‘lganligi bois, turnir jadvalida qaysi o‘rinda bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlar doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan, va bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Bundan tashqari, toshkentliklarda kumush medalni qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib qolganligi uchun ham bo‘lajak uchrashuvning tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori.

Biz ham mazkur o‘yinda maydonga o‘ziga xos ruh va ishtiyoqda tushib, g‘alaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashish, joriy mavsumning so‘nggi bahsini ijobiy tarzda yakunlashga harakat qilamiz va buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, joriy mavsumda jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib bergan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va "Navbahor" klubi rahbariyatiga futbolchilar nomidan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Saydazamat Mirsaidov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting