Savio “Tottenhem”ga o‘tishga yaqin
Tomonlar 2032-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Foto: Getty Images
“Manchester Siti” vingeri Savio yaqin vaqt ichida faoliyatini “Tottenhem”da davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, London klubi braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Manbaga ko‘ra, Savio “Tottenhem” bilan 2032-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. 22 yoshli futbolchining o‘zi ham London klubiga o‘tishni juda istamoqda va transfer imkon qadar tezroq amalga oshishini xohlamoqda.
Qayd etilishicha, Savio bilan muzokaralarda “Tottenhem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi muhim rol o‘ynagan. Endilikda klublar transferning qolgan tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga erishishi kerak.
Ma’lumot uchun, Savio o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” safida barcha musobaqalar doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz
Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!