Savinyo «Tottenhem»ga o'tishi mumkin – Romano
Londonning «Tottenhem» klubi «Manchester Siti» qanot hujumchisi Savinyoni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi «Manchester Siti»ni tark etishni istamoqda. U «Tottenhem»ga o'tishga rozilik bildirgan va bu haqida klub rahbariyatini ham xabardor qilgan. Ikkala klub o'rtasidagi muzokaralar iyun oyidan beri davom etmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu transferning asosiy tashabbuskori «Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi hisoblanadi. Italiyalik mutaxassis Savinyoni jamoaning hujum chizig'i uchun ideal kuchaytirish sifatida ko'rmoqda.
O'tgan mavsumda Savinyo «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.