Savinho «Tottenxem»ga o‘tishga rozi
Photo: Getty Images
“Tottenxem” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Savinhoni sotib olish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir nechta variantlarni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa-da, aynan Savinho murabbiylar shtabi rejasida asosiy nomzod sifatida qayd etilgan.
Ikki klub rahbariyati o‘rtasida to‘lov miqdori va shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar allaqachon boshlangan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchi ham transferga rozi. Savinho yangi jamoada doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgani aytilmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor