locale OZ

«Sautgempton» Peretsni sotib oldi

Futbolchining "avliyolar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi to'rt yilga mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sautgempton» Peretsni sotib oldi
ФОТО: Getty images

"Sautgempton" rasmiy saytida "Bavariya" va Isroil terma jamoasi darvozaboni Daniel Peretsning huquqlarini sotib olganini e'lon qildi.

O'tgan mavsumning birinchi qismida Perets ijara asosida "Hamburg" safida to'p surgan, yanvar oyida esa shu tariqa "Sautgempton" tarkibiga qo'shilgandi.

Futbolchining "avliyolar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi to'rt yilga mo'ljallangan.

Perets 2023-yilda Tel-Avivning "Makkabi" klubidan "Bavariya"ga o'tgan. O'tgan klub mavsumida darvozabon 28 ta o'yinda ishtirok etib, 25 ta gol o'tkazib yubordi va 10 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bungacha darvozabon Myunxen jamoasi tarkibida 2024/2025-yilgi mavsumda Germaniya chempioni bo'lgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting