locale OZ

«Sautgempton» Chempionship pley-off finalidan chetlatildi

Shuningdek, jamoadan 4 ochko olib tashlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sautgempton» Chempionship pley-off finalidan chetlatildi
FOTO: Getty Images
Angliya chempionati
23.05.2026, Yak.
Hall Siti
1
Midlsboro
0

«Sautgempton» klubi Chempionship pley-off finalidan chetlatildi va kelgusi mavsumda undan toʻrt ochko olib tashlanadigan boʻldi. Bu haqda Angliya futbol ligasi (EFL) matbuot xizmati maʼlum qildi.

«Mustaqil intizom komissiyasi bugun «Sautgempton» klubini boshqa klublar mashgʻulotlarini ruxsat etilmagan tarzda videoga olgani bilan bogʻliq EFL qoidalarini koʻplab buzganini tan olganidan soʻng, Chempionship pley-off bosqichidan chetlatdi.

Bundan tashqari, klubdan toʻrt ochko olib tashlandi, bu ochkolar Chempionshipning 2026/2027 yilgi mavsumi turnir jadvalida hisobga olinadi.

Bugungi qaror natijasida «Midlsbro» 2026 yilgi pley-off bosqichiga qaytadi va finalda «Hall Siti» bilan toʻqnash keladi. Final oʻyini hamon shanba, 23 may kuniga rejalashtirilgan, oʻyin boshlanish vaqti keyinroq tasdiqlanadi», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq, «Sautgempton»ning unumdorlik boʻyicha tahlilchisi pley-offdagi birinchi oʻyin oldidan «Midlsbro» taktikasi va mashgʻulotlarini suratga hamda videoga olayotganda qoʻlga tushgani maʼlum boʻlgan edi. Shundan soʻng ikki oʻyin natijasiga koʻra «Sautgempton» «Midlsbro»ni magʻlub etib (0:0, 2:1), finalga yoʻl olgandi. Jamoya shanba, 23 may kuni APL yoʻllanmasi uchun «Hall»ga qarshu maydonga tushishi kerak edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting