locale OZ

Saul Turkiya klubiga o'tishdan bosh tortdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saul Turkiya klubiga o'tishdan bosh tortdi
Photo: Getty Images

Saul Niges "Trabzonspor"ga o'tishdan bosh tortdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, yarim himoyachi "Atletiko" bilan shartnomasini bekor qilib, turk klubiga o'tishi avvalroq xabar qilingandi.

So'nggi pallaga kelib, 30 yoshli futbolchi fikrini o'zgartirgan.

Futbolchi allaqachon 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgan edi. Uni tibbiy ko'rikdan o'tkazish rejalashtirilgan, u bugun Turkiyaga uchib ketishi kerak edi.

Ta'kidlanishicha, transferni rad etishga oilaviy qaror sabab bo'lgan. "Trabzonspor" bilan muzokaralar to'xtatildi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting