Saudiyaliklar Vinisius uchun «Real»ga 350 million yevro to‘lashga tayyor
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistoni klublari Vinisius Juniorga hanuz qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Ben Jacobs.
Manbaga ko‘ra, "Real" vingeri hali Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmagani ma’lum bo‘lgandi. Bu Saudiya Arabistoni ligasi vakillarini ilhomlantirgan.
Futbolchining Madrid klubi bilan muzokaralari oldinga siljimagani saudiyaliklarni yaqinda braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirishga undagan.
Qayd etilishicha, Yaqin Sharq ligasi Vinisius uchun jahon futbolida rekord darajadagi 350 million yevro taklif qilishga tayyor.
Bahrom Bobonov
Redaktor