locale OZ

Saudiyaliklar Salohning transferini qachon yakunlashi maʼlum boʻldi

Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiyaliklar Salohning transferini qachon yakunlashi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistoni Pro-ligasi rahbariyati kelasi yozda «Liverpul» qanot hujumchisi Muhammad Salohni transfer qilish bo‘yicha mamlakatning yetakchi klublari bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Avvalroq 33 yoshli vinger uchun asosiy da’vogar sifatida «Al Ittihod» ko‘rilayotgan edi, biroq hozirda da’vogarlar safida Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan «An Nasr» klubi ham borligi aytilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Saudiya Pro-ligasi mutasaddilari misrlik yulduzning transferini yozgi transfer oynasi ochilishi bilanoq yakunlashni maqsad qilgan. Ular ushbu transferning yoz oxirigacha davom etadigan uzoq va charchatuvchi «saga»ga aylanib ketishini xohlashmayapti.

«Liverpul» rahbariyati ommaviy bayonotlarda Salohni loyihaning muhim qismi deb atayotgan bo‘lsa-da, klub ichida yozgi transfer oynasida hujumchining ketishiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting