locale OZ

Saudiyaliklar Grinvud uchun 100 million yevro taklif qildi

Angliyalik hujumchi «Marsel»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiyaliklar Grinvud uchun 100 million yevro taklif qildi
FOTO: Getty Images

«Marsel» hujumchisi Meyson Grinvudga Saudiya Arabistonining «Neom» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Neom» fransuz klubiga 100 million yevrolik rasmiy taklif yuborgan. Saudiya jamoasini Grinvudning bosim ostidagi o‘yinlarda ham barqaror va ishonchli harakat qilishi hayratga solgan.

Ular angliyalik futbolchini hujum chizig‘ining yetakchisi bo‘la oladigan ideal nomzod deb hisoblashmoqda. Aytishlaricha, «Neom» futbolchi uchun kurashda istalgan klub bilan raqobatlasha oladi.

Grinvudning «Marsel» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroga teng.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting