Saudiyada Ronalduning masxara qiluvchi eʼlonlar tarqatildi
Saudiya Arabistoni ko‘chalarida «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning ustidan kuluvchi g‘alati e’lonlar paydo bo‘ldi. Bu haqda The Touchline nashri ma’lumot tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ko‘chalarga yopishtirilgan ushbu kinoyali e’lonlarda portugaliyalik yulduzning surati ostiga shunday so‘zlar yozilgan:
«Suratda 40 yoshli erkak tasvirlangan. U hozirda tasalli topmay yig‘lashga majbur, oilasi esa uni qidirmoqda».
Bunday hajviy «qidiruv» e’lonlari futbolchining so‘nggi paytlardagi kayfiyati yoki klubdagi holati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avvalroq OAVda Krishtianu Ronaldu klub bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumot uchun, 40 yoshli forvard 2023 yildan buyon «An Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi kelishuvi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan.
Nufuzli Transfermarkt portali ayni damda afsonaviy hujumchining bozor qiymatini 12 million yevroga baholagan.