locale OZ

Saudiya proligasi. «Al Ahli» «Al Qodisiya»ni mag'lub etdi

Pro-ligada 9 ta o‘yindan so‘ng “Al Ahli” 19 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya proligasi. «Al Ahli» «Al Qodisiya»ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistoni Proligasining 9-turidan o‘rin olgan “Al Ahli” – “Al Qodisiya” uchrashuvi yakuniga yetdi. O'yin Jiddadagi "Shahzoda Abdulloh Al Faysal" stadionida bo'lib o'tdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuv boshida “Al Ahli” hujumchisi Venderson Galeno hisobni ochdi. 45-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Ziyod Al-Johaniy qizil kartochka oldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida “Al Qodisiya” hujumchisi Abdulla Al-Salem hisobni tenglashtirdi. 66-daqiqada yarim himoyachi Frank Kessi “Al Ahli”ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Proligada 9 ta o‘yindan so‘ng “Al Ahli” 19 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “Al Qodisiya” 17 ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinda bormoqda.

Saudiya proligasi. 9-tur.
Al Ahli — Al Qodisiya 2:1
Gollar: Galeno (6), Kessie (66) — As Salim (64).
Chetlatish: Al Johani (45+4, Al Ahli)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting