Saudiya Pro-ligasi. Joau Feliksning xet-triki va Ronalduning goli «An Nasr»ga g‘alaba keltirdi
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 33-turi doirasida «Al Shabab» hamda «An Nasr» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Ar-Riyoddagi uchrashuvda mehmonlar 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq mehmonlar hujumchisi Joau Feliks hisobni ochdi. 10-daqiqaga kelib Feliks dublni rasmiylashtirdi. 30-daqiqada maydon egalari forvardi Yannik Karrasko oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida Krishtianu Ronaldu «An Nasr»ning uchinchi golini urdi. 80-daqiqada Ali Al-Bulayhi «Al Shabab»ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuv yakunida, 90+8-daqiqada Joau Feliks penaltini aniq amalga oshirib, xet-trik qayd etdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu gol Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi 971-gol bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «An Nasr» 32 o‘yindan keyin 82 ochko bilan Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o‘rindagi, bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan «Al Hilol» bilan farq 5 ochkoni tashkil etmoqda. «Al Shabab» esa 32 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.