locale OZ

Saudiya Pro-ligasi. «An Nasr» safarda «Al Ohdud» ustida gʻalaba qozondi

Ronaldu uchrashuvda faoliyatidagi 968-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya Pro-ligasi. «An Nasr» safarda «Al Ohdud» ustida gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 28-turi doirasida «Al Ohdud» hamda «An Nasr» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Najrondagi «Shahzoda Hatlul» stadionida kechgan bahsda mehmonlar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning 15-daqiqasida «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Joau Feliks mehmonlarning ustunligini mustahkamladi.

E’tiborli jihati, Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda faoliyatidagi 968-golini rasmiylashtirdi.

Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turidan so‘ng «An Nasr» 73 ochko jamlagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Al Ohdud» esa 16 ochko bilan so‘nggi pog‘onadan bitta yuqorida — 17-o‘rindan joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting