locale OZ

Saudiya Pro-ligasi. «An Nasr» «Al Hilol» bilan oʻyinda tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi

Oʻyin yakunida Bentu oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya Pro-ligasi. «An Nasr» «Al Hilol» bilan oʻyinda tayyor gʻalabani qoʻldan chiqardi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 32-turidan o‘rin olgan markaziy bahs yakuniga yetdi. Riyoddagi «Al-Avval Park» stadionida bo‘lib o‘tgan «An Nasr» va «Al Hilol» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Bahsning 37-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Muhammad Simakan hisobni ochdi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+8-daqiqada esa «An Nasr» darvozaboni Bento o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Saudiya Arabistoni chempionatining 33 ta o‘yinidan so‘ng «An Nasr» 83 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Pro-liga yakuniga qadar jamoada yana bitta o‘yin bor. «Al Hilol» esa 32 ta o‘yinda 78 ochko to‘plagan holda ikkinchi pog‘onada bormoqda. Ularning mavsum yakunigacha yana ikkita uchrashuvi qolgan.

Eslatib o‘tamiz, «An Nasr» safida besh karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu, «Al Hilol» tarkibida esa 2022 yilgi «Oltin to‘p» egasi Karim Benzema to‘p surmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting