locale OZ

Saudiya ligasi Saloh transferini moliyalashtirishga tayyor

Misrlik hujumchi asosiy tarkibdagi joyini yoʻqotib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya ligasi Saloh transferini moliyalashtirishga tayyor
FOTO: Getty Images

The Telegraph nashrining yozishicha, agar «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgani sabab klubni tark etishga qaror qilsa, Saudiya Professional Ligasi uning transferini moliyalashtirishga tayyor.

So‘nggi ikki o‘yinda misrlik futbolchi zaxirada qoldi.

Eslatib oʻtamiz, Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va uchta golli uzatma qayd etgan.

Hozirda «Liverpul» APL turnir jadvalida 22 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting