Saudiya klublari Muhammad Salah uchun katta miqdorda pul taklif qildi
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Salahning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” klubi futbolchisi Muhammad Salah faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin.
Caught Offside nashrining xabar berishicha, futbolchiga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” hamda “Al-Hilol” klublari qishki transfer oynasida misrlik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Unga ko‘ra, mazkur jamoalar 33 yoshli futbolchi uchun mersisaydliklarga 80–100 million yevro atrofida taklif qilishga tayyor. Agar “Liverpul” transferga rozi bo‘lsa, misrlik vinger qishki transfer oynasi vaqtida Saudiya klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Shuningdek, MLS jamoalari ham Salahga qiziqish bildirgan, biroq moliyaviy tomondan Saudiya klublari bilan raqobat qila olmasligi taxmin qilinmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist