Saudiya klublari Levandovski uchun super taklif yuborishga tayyor
Joriy mavsumda Robert “Barselona” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi
ФОТО: Getty images
"Al-Hilol", "Al-Nassr", "Al-Ahli" va "Al-Ittihod" klublariga egalik qiluvchi Saudiya Arabistonining Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) kelasi yozda "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Futbolchiga super shartnoma taklif qilinishi kutilmoqda. Biroq, "Barselona" Levandovskini o‘z tarkibida saqlab qolishga umid qilmoqda; uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Levandovski “Barselona” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist