locale OZ

Saudiya klubi Salohga shartnoma taklfi qilmoqda

Misrlik futbolchi uchun 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tayyorlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya klubi Salohga shartnoma taklfi qilmoqda
ФОТО: Getty images

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni klubidan yirik taklif oldi.

Misrlik futbolchi uchun 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tayyorlandi, uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin.

Saloh iyul oyida rasman erkin agent maqomini oladi. Avvalroq hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga “Al-Ittihod”, “Napoli” va “Fenerbaxche” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda Saloh klub safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazdi. Hujumchi bu o‘yinlarda 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Liverpul” APLda beshinchi o‘rinni egalladi va yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting